Izoh: Prezidentni haqorat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangani to‘g‘risida (FOTO)

Izoh: Prezidentni haqorat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangani to‘g‘risida (FOTO)

Shu kunlarda, Prezidentni telekommunikasiya va internet tarmoqlarida haqoratlash uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligi faol muhokama qilinmoqda. Hattoki, qonunga ushbu o‘zgartishning kiritilishi so‘z erkinligiga tahdid sifatida talqin qilish kabi manipulyativ harakatlar ham bo‘layotganligini ko‘ryapmiz.   

Birinchidan, Konstitusiyamizga ko‘ra, nafaqat Prezident yoki biror davlat xizmatchisi, balki har bir insonning  hayoti, sha’ni va qadr qimmati oliy qadriyat hisoblanadi. Shuning uchun ham, mansabidan qat’iy nazar, har bir  insonni haqorat qilganlik va unga tuhmat qilgan uchun ma’muriy javobgarlik o‘rnatilgan, og‘irlashtiruvchi holatlarda ushbu harakatlarni sodir etganlik uchun esa jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan.
 
Ikkinchidan, Prezidentni haqorat va unga tuhmat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik avval ham bor edi. Yangi qonun bilan, zamon talabiga ko‘ra, faqat “telekommunikasiya tarmoqlaridan yoki Internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda" degan ibora qo‘shimcha qilingan, xolos.

Uchinchidan, biz Prezidentlik Respublikasimiz va Prezident institutining nufuzi davlat va xalqning nufuzi bilan bevosita bog‘liq. Konstitusiyaga ko‘ra Prezidentlik  — O‘zbekiston xalqi nomidan ish olib boradigan institut hisoblanishini, Prezidentning shaxsi dahlsiz ekanligini ham unutmaslik lozim. Ya’ni Prezident konstitusiyaviy maqomga ega.

To‘rtinchidan, agar gap xalqaro amaliyot haqida ketayotgan bo‘lsa, rivojlangan demokratiyalarda ham bu borada qat’iy javobgarlik  mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan:

Polshada Prezidentni omma oldida haqorat qilish 4 yilgacha qamoq jazosi

Germaniyada Prezidentni omma oldida haqorat qilganlik uchun 3 oydan 5 yilgacha qamoq jazosi va shtraflar

Kanadada davlat rahbariga tuhmat qilish yoki shunday mazmundagi postlar uchun 14 yilgacha qamoq jazosi
 
Niderlandiyada monarx, uning rafiqasi va vorisini haqorat qilish 5 yilgacha qamoq jazosi

Turkiyada Prezidentni haqorat qilish 1 yildan 4 yilgacha qamoq jazosi belgilanadi va jahon mamlakatlari tajribasida bu normal amaliyot hisoblanadi.

Izoh: Prezidentni haqorat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangani to‘g‘risida (FOTO)

Va eng asosiysi, huquq ustuvorligi va o‘zaro hurmat jamiyat barqarorligi uchun favqulodda muhim. Har qanday haqorat va tuhmat destruktiv harakat hisoblanadi va unga qat’iy javobgarlik bo‘lishi shart. Konstruktivlikka o‘rganishimiz kerak.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!