Izoh: 15 iyundan faqat xususiy bog‘chalarga ruxsat beriladi

Izoh: 15 iyundan faqat xususiy bog‘chalarga ruxsat beriladi

Maktabgacha ta’lim muassasalarining «yashil» va «sariq» hududlardagi faoliyati boshlanishiga kelsak — dastlab joriy yilning 15 iyunidan faqat xususiy maktabgacha ta’lim muassasalariga ruxsat beriladi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati 15 iyunidan 1 iyuliga qadar, asta-sekin tiklanadi. Bunda Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, sanitariya-gigiyenik xavfsizlikning barcha qoidalari va standartlariga rioya qilingan bo‘lishi kerak.

Bog‘chalarning ochilishi jadvali Maktabgacha ta’lim vazirligining veb-saytida e’lon qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!