Iyul oyida Gruziyada sayyohlikdan tushgan daromad ilk bor pandemiyagacha bo‘lgan ko‘rsatkichdan oshdi

Iyul oyida Gruziyada sayyohlikdan tushgan daromad ilk bor pandemiyagacha bo‘lgan ko‘rsatkichdan oshdi

Iyul oyida Gruziya sayyohlikdan 467 million dollar daromad ko‘rdi, bu 2019 yilning shu davri, ya’ni pandemiya boshlanishidan oldingi ko‘rsatkichdan 20 foiz ko‘p, deb yozmoqda "Gruziya yangiliklari" nashri.

Nashrning yozishicha, bu haqda bosh vazir Irakliy Garibashvili hukumat yig‘ilishida aytib o‘tgan.

Uning aytishicha, yanvardan iyulgacha sayyohlik sohasi Gruziyaga 1,6 milliard dollar daromad keltirgan. Xabarda o‘sish tendensiyasi kelgusida ham saqlanib qolishi aytilmoqda.

«Albatta, bu bandlik ortadi, ko‘plab fuqarolarimiz ish bilan ta’minlanadi, daromad ortib, kambag‘allik kamayadi», — deganidir deydi Garibashvili.

Gruziya milliy bankining statistikasiga ko‘ra, iyul turizmdan ko‘rilgan daromad pandemiyagacha bo‘lgan ko‘rsatkichdan oshgan birinchi oy hisoblanadi.

Xabarda keltirilishicha, 2022 yilning birinchi yarmida Gruziyaga 2,3 million nafar xalqaro sayyoh kelgan. 2021 yilning olti oyi bilan solishtirganda o‘sish 214 foizni tashkil etgan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!