Ixtisoslashgan maktablarga qabul imtixonlari 29-30 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi

Ixtisoslashgan maktablarga qabul imtixonlari 29-30 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi


Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalarining 5- va 7-sinflariga qabul imtihonlari joriy yilning 29-30 iyul kunlari o‘tkazilishi belgilandi. Bu haqida
Xalq ta’limi vazirligi va Davlat test markazining qo‘shma qarori imzolandi.

Saralash tanlovlari ochiq katta pavilyon (hiyobon, maydon)larda karantin qoidalariga rioya etgan holda Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.

Har bir fan yo‘nalishida jami 30 tadan test savollari beriladi va 60 daqiqa vaqt ajratiladi. Shuningdek, test sinovlari boshlanguniga qadar qo‘shimcha 20 daqiqa vaqt tushuntirish uchun ajratiladi.

Saralash tanlovlari natijalariga ko‘ra o‘quvchilar ballar ketma-ketligi asosida belgilangan kvota doirasida qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, bu yilgi saralash tanlovlarida 106 mingdan ortiq talabgorlar ishtirok etadi va tanlov natijalariga ko‘ra 34050 nafar iqtidorli o‘quvchilar ixtisoslashgan maktablarga qabul qilinadi.

Ixtisoslashgan maktablarga qabul tartibi haqida quyidagi xavola orqali (https://lex.uz/m/acts/1952324) batafsil tanishishingiz mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!