Ixtirochilik yo‘nalishida yangi jamiyat tuziladi

Ixtirochilik yo‘nalishida yangi jamiyat tuziladi

“Ixtirochilik va rasionalizatorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (440-son, 10.08.2022 y.) qabul qilindi.

🏢 Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Ixtirochilar va rasionalizatorlar jamiyati nodavlat notijorat tashkiloti tashkil qilinadi.

📝 Respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida ixtirochilik faoliyatini rivojlantirish Jamiyatning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

🗓 2022 yildan har yili hududlar, tarmoqlar va sohalar kesimida ixtirochilik va rasionalizatorlik bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi.

🔰Ko‘rik-tanlov g‘oliblariga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:

▫️1-o‘ringa – BHMning 300 baravari (90 mln so‘m);
▫️2-o‘ringa – BHMning 250 baravari (75 mln so‘m);
▫️3-o‘ringa – BHMning 200 baravari (60 mln so‘m).

💰Mazkur mablag‘lar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovasiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.

⏩ Ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblarning ixtirolarini kelgusida startap loyihalar doirasida moliyalashtirishgga ustuvorlik beriladi.

✅ G‘oliblar magistratura mutaxassisligiga Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi granti hisobidan imtihonsiz qabul qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!