Italiyadagi muzlikning bir qismining qulashi odamlarning o‘limiga olib keldi

Italiyadagi muzlikning bir qismining qulashi odamlarning o‘limiga olib keldi

Italiya shimolidagi Marmalada muzligining bir qismining qulashi kamida olti kishining halok bo‘lishiga olib keldi, deb yozadi Correira Della Cerra gazetasi mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga tayanib.

Bundan tashqari, sakkiz kishi jarohatlangan, o‘nga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan.

Tabiiy ofat Trentino-Alto-Adige va Veneto viloyatlari chegarasidagi tog‘larda sodir bo‘lgan. Voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda.

Gazetaning qayd etishicha, muzlikning bir qismining qulashi Italiyadagi anomal issiq ob-havo fonida sodir bo‘lgan: u tog‘larda ham seziladi va muzliklarning erishini tezlashtiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!