Italiyada 40 ta futbol bellashuvi koronavirus sababli qoldirildi

Italiyada 40 ta futbol bellashuvi koronavirus sababli qoldirildi

Italiyaning havaskor futbol klubi «Kordonyo» (Lombardiya shahri) a’zosi koronavirusni yuqtirgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda Football Italia.

U Lombardiya shahrida koronavirusga chalingan ilk bemor sifatida ro‘yxatga olindi. Futbolchi ayni damda shifoxonada, uning ahvoli barqaror deya baholanmoqda.

Koronavirus sababli Italiyada havaskor o‘rtasidagi 40 bellashuv boshqa muddatga qoldirildi. Hozircha bu holat professional futbol ligalariga ta’sir ko‘rsatgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, butun dunyo bo‘ylab koronavirusni yuqtirib olganlar soni 76 769 ga (shulardan 75 569 tasi Xitoyda) yetgan. Mazkur virus sababli 2360 kishi vafot etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!