Italiya vaziri: "Rossiyaga zarba berish uchun Ukrainaga qurol yetkazib bermayapmiz"

Italiya vaziri: "Rossiyaga zarba berish uchun Ukrainaga qurol yetkazib bermayapmiz"

Rasmiy Rim Kiyevga Rossiya hududiga zarba beradigan qurollarni yetkazib bermayapti. Bu haqda Italiya Tashqi ishlar vaziri Luidji Di Mayo ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga faqat mudofaa qurollari yuboriladi.

“Biz Ukrainani va uning armiyasini qo‘llab-quvvatlashimiz kerak, Italiya dunyo manfaati uchun ishlashda davom etadi. Lekin biz Ukrainaga Rossiya yeriga zarba berish uchun qurol yetkazib berish haqida o‘ylay olmaymiz” - dedi Di Mayo.

Shuningdek, Vazir Rimning mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal etishga erishish borasidagi sa’y-harakatlari haqida gapirgan.

“Biz imkon qadar tezroq sulhga erishishimiz kerak. Muzokaralar to‘xtab qoldi, lekin biz ularni qayta boshlashdan hech qachon to‘xtamadik”, degan u.

Ma’lumot o‘rnida, Italiya Bosh vaziri Mario Dragi Rim Kiyevga yordamni 800 million yevrogacha oshirishi va ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 500 million yevroga yaqin mablag‘ ajratganini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!