Italiya Ukrainaga zirhli texnikalar, pulemyot va o‘q-dorilarning yangi partiyasini yubormoqchi

Italiya Ukrainaga zirhli texnikalar, pulemyot va o‘q-dorilarning yangi partiyasini yubormoqchi

Italiya tez orada Ukrainaga zirhli texnikalar, pulemyot va o‘q-dorilarni o‘z ichiga oladigan qurollarning yangi partiyasini yuboradi.

"La Repubblica" nashrining yozishicha, Italiya mudofaa vaziri Lorenso Guerini Kiyevga qurol jo‘natish bo‘yicha to‘rtinchi farmon tez orada tasdiqlanishini aytgan. Shu bilan birga, qurollar ro‘yxati rasmiy ravishda tasniflanadi.

Qayd etilishicha, parlamentda tasdiqlangan hujjatga ko‘ra, Italiya hukumati yil oxirigacha Ukrainaga qurol jo‘natishi mumkin. Mamlakat allaqachon Ukrainaga bir nechta 155 millimetrli artilleriya moslamalarini yuborgan, Kiyev esa ularning sonini ko‘paytirmoqchi, shuningdek, bir nechta raketa tizimlarini so‘ragan.

Bundan tashqari, Italiya bu yil harbiy xarajatlarni 18 milliard yevrogacha oshiradi. O‘tgan yili bu miqdor 16,8 milliardni tashkil qilgan. Xarajatlar ro‘yxatida bo‘lajak oltinchi avlod "Tempest" qiruvchi samolyoti bor. Uni ishlab chiqishda Italiya Buyuk Britaniya va Shvesiya bilan hamkorlik qiladi.

Iyul oyi boshida Italiya tashqi ishlar vaziri Luidji Di Mayo mamlakatdagi siyosiy inqiroz sharoitida Italiya Ukrainaga qurol yetkazib berishda davom eta olmasligini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!