Italiya aeroportida 41 nafar sayyoh qo‘lga olindi

Italiya aeroportida 41 nafar sayyoh qo‘lga olindi

Polisiya Sardiniyadagi qum va chig‘anoqlarni musodara qilganidan keyin o‘nlab sayyohlar jarimaga tortildi.

Italiya gvardiyasining xabariga ko‘ra, mamlakatdagi mashhur plyajlardan qum va chig‘anoqlarni o‘g‘irlaganligi uchun 41 kishi jarimaga tortilgan. Aniqlik kiritilishicha, Italiya orolining oq qumlari qonun bilan muhofaza qilinadi va uni o‘g‘irlaganlar katta miqdorda jarimaga tortiladi va ba’zan qamoq jazosiga hukm qilinadi.

Jarimalar 500 dan 3000 yevrogacha. Ta’kidlanishicha, bu yil Sardiniyada sayyohlar soni sezilarli darajada kamayganiga qaramay, qoidabuzarlardan 100 kilogrammdan ortiq tabiiy suvenirlar olib qo‘yilgan.

Nashrda aytib o‘tilganidek, qoidabuzarlarni ushlash uchun polisiya Italiyaning Sardiniya shimoli-sharqidagi Olbiya shahri aeroportida jo‘nab ketayotgan sayohatchilarni muntazam ravishda tekshiruvdan o‘tkazgan va shuningdek, oroldan qum sotadigan turli saytlarda shubhali e’lonlarni tekshirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!