IT xizmatlari eksporti 1 milliard dollarga yetkaziladi

IT xizmatlari eksporti 1 milliard dollarga yetkaziladi

Xorijiy hamkorlar bilan birga maktab, lisey, kollej, texnikum va oliygohlarda o‘quvchi va talabalarning IT ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz bu dastur kelgusida ham davom ettirilishini aytdi.

"Kelgusi besh yilda mamlakatimiz IT xizmatlari eksportini 1 milliard dollarga yetkazishni reja qilganmiz.

Agar yoshlarni IT kasblarga o‘qitishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysak, ularni sifatli infratuzilma, kompyuter va kafolatli buyurtma bilan ta’minlasak, albatta, bu marraga bemalol erishamiz", dedi davlatimiz rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!