Istanbulda yo‘qolgan 13 yoshli o‘zbekistonlik qiz oilasiga topshirildi
Istanbul shahrida adashib qolgan 13 yoshli O‘zbekiston fuqarosi S.J. diplomatlar ko‘magida onasiga topshirildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 30 avgust kuni soat 22:30 da Istanbulning Beyog‘lu tumanidagi masjidlardan birining imomi Bosh konsulxonaga qo‘ng‘iroq qilib, masjidga adashib kelib qolgan voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi haqida xabar bergan.
Konsulxona diplomatlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Qiz Bosh konsulxonaga olib kelinib, uning yaqin qarindoshlarini aniqlash va ular bilan bog‘lanish choralari ko‘rilgan.
1 sentyabr kuni S.J. sog‘-salomat holda onasiga topshirilgan.
Bosh konsulxona mazkur holatda yordam ko‘rsatgan Turkiyaning tegishli idoralari va fuqarolariga minnatdorlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Turkiyaning Mugla shahrida daryoga cho‘kib ketgan 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgani haqida xabar berilgan edi. U Seydikemer tumanidagi daryoga cho‘milish uchun borgan.
Hodisa joyidagi tekshiruvlardan so‘ng marhumning jasadi sud-tibbiy ekspertizasi uchun morgga olib ketilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi
Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.
«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi
Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга келтирганидан кейин юзага келган. Унинг айтишича, туғруқхонада ҳужжатларни расмийлаштириш жараёнида чақалоқнинг ўлими ҳақидаги маълумотга онанинг ўлими ҳам қўшиб юборилган. Натижада у давлат базаларида вафот этган фуқаро сифатида қайд этилган.
Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi
Бу ўзгариш ташаббускорлари айнан Африка мамлакатлари бўлди — у
