Istanbulda Ukraina bug‘doyini ortgan kema tekshiruvdan o‘tdi

Istanbulda Ukraina bug‘doyini ortgan kema tekshiruvdan o‘tdi

Xalqaro nazoratchi guruh Istanbulga yetib kelgan Ukraina bug‘doyini ortgan kemani tekshiruvdan o‘tkazib bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Tadbir taxminan bir soatga cho‘zilgan. Unda Turkiya, Ukraina, Rossiya va BMT vakillari ishtirok etgan.

Syerra-Leone bayrog‘i ostida suzayotgan yuk kemasi kecha oqshomda Odessadan Istanbulga yetib kelgan edi. Makkajo‘xori ortgan kema uchun berilgan dengiz yo‘lagi Qora dengizning shimoli-g‘arbiy qismidan o‘tadi.

22 iyul kuni Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari Rossiyaning oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga qo‘yilgan cheklovni olib tashlashga va Ukraina bug‘doyini jahon bozoriga chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, Afrika bo‘yicha Iqtisodiy komissiyaning ijrochi kotibi Vera Songvening ta’kidlashicha, “oziq-ovqat kelishuvining bajarilishi” Ukrainaning 23 million tonna bug‘doyini jahon bozoriga chiqarish imkonini beradi. Zero, BMT anchadan buyon bug‘doy taqchilligi tufayli dunyoda oziq-ovqat inqirozi yuz berishidan ogohlantirib kelayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!