Istanbulda tezyurar metro ishga tushdi

Istanbulda tezyurar metro ishga tushdi

Kyagitxane-Istanbul aeroportida metro liniyasi loyihasi bilan Turkiya butun dunyoga metro qurilishi sohasida o‘zining kuchi va imkoniyatlarini isbotladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an 34 kilometrlik metro liniyasining ochilish marosimida ma’lum qildi, deya xabar berdi «Anadolu».

Turkiya prezidentining qayd etishicha, sakkizta bekatni o‘z ichiga olgan yangi metro liniyasi Kyagitxane tumanidan Istanbul aeroportigacha bo‘lgan masofani 24 daqiqada bosib o‘tadi.

«Kuniga 800 ming yo‘lovchini tashiydigan yangi metro liniyasining ochilishi Istanbul uchun tarixiy voqeadir», - dedi Erdog‘an.

Turkiya rahbari qurilish jarayonida mahalliy materiallardan foydalangan turk muhandislari mehnatini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, mamlakat prezidenti Istanbul aeroportidan Xalkali viloyatigacha bo‘lgan metro liniyalari, shuningdek, poytaxtdagi bir qancha boshqa metro liniyalari qurilishi davom etayotganini eslatdi.

«Bu loyihalarning barchasi amalga oshirilgach, Istanbul temir yo‘l tizimlarining umumiy uzunligi 380 kilometrdan oshadi», - dedi Erdog‘an.

Istanbul temir yo‘l qurilishi loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha dunyo shaharlari orasida birinchi o‘rinda turadi. Kyagitxane-Istanbul aeroporti metro liniyasida sayohat bir oy davomida bepul.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!