Istanbulda terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan 15 gumondor qo‘lga olindi

Istanbulda terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan 15 gumondor qo‘lga olindi

Istanbulda ba’zi bir konsulliklar, cherkov va sinagoga ibotadxonalariga terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan 15 nafar gumondor qo‘lga olindi. Bu haqda “Anadolu” nashri xabar berdi.

Istanbul polisiya boshqarmasi bayonotiga ko‘ra, gumonlanuvchilar Shvesiya hamda Niderlandiya elchixonalari, cherkov va sinagoga ibodatxonalari oldida terakt uyushtirishni rejalashtirgan. Turkiya razvedkasi ular ISHID bo‘linmasi hisoblangan “Xuroson viloyati” terrorchilik guruhidan ko‘rsatma olganini aytmoqda.

Bundan tashqari, bayonotda, gumondorlarning ISHID terror tashkiloti va to‘qnashuv zonalari bilan aloqalari borligi, ammo bosh konsullik va xristian, yahudiy fuqarolarning ibodat joylariga nisbatan aniq tahdidlar aniqlanmagani ta’kidlandi.

Shuningdek, Afg‘oniston saytlarining birida Yevropada Qur’on yoqib yuborilgani ortidan bu hol sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shvesiyada partiya rahbarining Qur’onni yoqib yuborishi ortidan Turkiya ogohlantirish bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!