"Issiq-sovuq"dan ehtiyot bo‘ling yoxud kondisionerdan qanday foydalanish kerak?

"Issiq-sovuq"dan ehtiyot bo‘ling yoxud kondisionerdan qanday foydalanish kerak?

Nodira Alixanova,
Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori:

— Kondisioner yoz jaziramasida kishini behollikdan, issiq harorat tufayli yuzaga keladigan turli bosh og‘riqlaridan asraydi.

Bir qarashda rohatijon kondisioner yilning issiq faslida juda ahamiyatli bo‘lib ko‘rinadi. Lekin uning salomatlikka zararli xususiyatlari haqida shifokorlar turli fikrlar bildirib kelishadi.

Kondisioner zararini kamaytirish uchun undan to‘g‘ri foydalanish kerakligini soha olimlari qayta-qayta ta’kidlashmokda.

Aslida yozgi shamollashlarga ko‘pincha odamning o‘zi sababchi bo‘ladi. Masalan, tashqarida issiq havoda terlab, so‘ng muzdek xonaga kirib olamiz.

Iliq suvda yuvinib chiqqach, yelvizakli xonada o‘tiramiz, uxlaymiz. Kondisionerdan chiqayotgan sovuq havo oqimi tananing yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi.

Butun tana a’zolari og‘riydi, hatto og‘riqdan bemor boshini qimirlatolmay qoladi. Uning sovug‘i miya sohasini zararlasa, meningial simptomlar kelib chiqishi ham mumkin.

Qurilmani tana haroratiga mos sovuqlikka qo‘ysa bo‘ladi. Masalan, sovuq havoning inson uchun me’yoriy holati 18 daraja hisoblanadi. Agar havo juda issiq bo‘lsa, bu haroratni ozgina tushirish mumkin.

Shuningdek, imkon qadar ish stoli kondisionerdan uzoqroqda bo‘lishi kerak. Undan chiqayotgan sovuqlik oqimini tepaga yoki pastga yunaltirib qo‘ying, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanaga urmasligi kerak.

Kondisioner yaqinida o‘tirgan odamning tomog‘i quruqshaydi, ko‘zi yoshlanishi, og‘zida temir ta’mini tuyishi mumkin. Agar to‘g‘ri joy tanlab o‘rnatilsa va undan chiqayotgan harorat darajasi me’yorida bo‘lsa, hech kim kasallanmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!