Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 67 682 nafarga yetdi

A A A
Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 67 682 nafarga yetdi

Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 67 682 nafarga yetdi.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi yozma bayonot orqali Isroilning sulh e’lon qilinishiga qadar davom etgan hujumlari natijasida halok bo‘lganlar, yaralanganlar va vayronalar ostida topilganlar haqidagi so‘nggi ma’lumotlarni baham ko‘rdi.

Bayonotda ta’kidlanishicha,
«3–10 oktyabr kunlari bedarak yo‘qolganlar ishlari bo‘yicha sud komissiyasi qo‘shimcha 320 kishi halok bo‘lganini aniqlagan va bu raqamlar statistik ma’lumotlarga qo‘shilgan».

Bundan tashqari, so‘nggi 24 soat ichida vayronaga aylangan uylar ostida 151 kishining jasadi topilgan, shuningdek 72 yaralangan shaxs G‘azodagi shifoxonalarga yotqizilgani ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha,
2023 yil 7 oktyabrdan buyon G‘azo sektorida ochlikdan halok bo‘lganlar soni 463 nafarga yetgan, ularning 157 nafari bolalardir.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 22 avgustda e’lon qilingan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha IPC tasnifidan beri ochlik va to‘yib ovqatlanmaslik sababli 185 kishi, jumladan 42 bola halok bo‘lgan.

Jami, 2023 yil 8 oktyabrdan buyon Isroil hujumlari natijasida halok bo‘lganlar soni 67 682 nafarga, yaralanganlar soni esa 170 033 nafarga yetgan.

G‘azo sektorida hanuz minglab jasadlar vayronalar ostida ko‘milgan holda qolmoqda.

Misrda erishilgan kelishuvdan so‘ng, 10 oktyabr kuni soat 12:00da G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirdi.

Isroil armiyasi bayonotiga ko‘ra, askarlar “sariq chiziq” deb belgilangan nuqtalarga qisman chekingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Trampni Eronga qarshi boshqa hujumlar uyushtirmaslikka chaqirdi

Бу ҳақда Axios нашри манбаларга таяниб хабар бермоқда.

Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin kimning qo‘lida jam bo‘lgan?

1. 🇺🇿 Ўзбекистон — Марказий Осиёдаги энг йирик олтин ишлаб чиқарувчи. Ўзбекистон 2025 йилда 9,9 миллиард долларлик олтин экспорт қилди. Марказий банк захираси — 415,5 тонна олтин. Бу дунёдаги энг йирик захиралардан бири.

Rossiyada oltindan qimmat mineral topildi

Россиялик олимлар Хибин то