Isroilga Fransiyadan 200 minggacha yahudiy ko‘chib o‘tishi mumkin

Isroilga Fransiyadan 200 minggacha yahudiy ko‘chib o‘tishi mumkin

Isroilning diasporalar bilan aloqalar vaziri Naftali Bennet Fransiyada yaqin orada Isroilga ko‘chib o‘tishga tayyor bo‘lgan 200 mingga yaqin yahudiy borligini ma’lum qildi.  

Parijdagi ommaviy tartibsizliklar va Yevropaning ba’zi davlatlarida yahudiylarga qarshi kayfiyatlarning kuchayishi ortida Isroil hukumatining 9 dekabrdagi yig‘ilishida emigrasiyaning yangi oqimiga, vatanga qaytuvchilarni qabul qilish va ularga yordam berishga tayyorgarlik darajasi muhokama qilingan.

Muhokama natijalariga ko‘ra Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Fransiyadan yahudiylarning qaytarilishi milliy dasturini shakllantirish topshirig‘ini bergan. 

Yig‘ilish davomida Isroilning yahudiy aholisi ilk bor dunyodagi eng katta hisoblanuvchi AQShdagi diasporadan oshgani ma’lum qilingan: Isroildagi yahudiylar soni 6 mln kishini, AQShda esa 5,7 mln kishini tashkil qilmoqda. 

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!