Isroilda qurolga ruxsat olish tartibi soddalashtiriladi

Isroilda qurolga ruxsat olish tartibi soddalashtiriladi

Isroilda qurolga ruxsat olish tartibi soddalashtiriladi. Bu haqda maxalliy nashrlar xabar berdi.

“Tinch aholining quroli bo‘lsa, ular o‘zini himoya qila oladi”, — deya qarorni izoxladi mamlakat Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir.

Bu hafta Isroilda birdaniga ikkita qurolli hujum sodir bo‘ldi, ulardan biri Sharqiy Quddusdagi ibodatxona yaqinida Xalqaro Xolokostni xotirlash kunida bo‘lib o‘tdi. Ushbu hujumda yetti kishi halok bo‘ldi va besh kishi yaralandi.

Shuningdek, mamlakat xavfsizlik mahkamasi “terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi terrorchilar oilalari” ni milliy sug‘urta huquqi va boshqa imtiyozlardan mahrum etilishini ham ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!