Isroil yana hujumga o‘tdi

Isroil yana hujumga o‘tdi

Isroil harbiy kuchlari tomonidan «Islomiy Jihod» qo‘mondoni G‘azo shahridagi uyiga uyushtirilgan havo hujumida o‘ldirildi.

Falastin guruhi seshanba kungi bayonotida, Isroil o‘z hujumida 42 yoshli Baho Abu Al-Attaga hujum qilganini tasdiqlaganidan keyin, qo‘mondonning o‘limi haqida e’lon qildi.

Hujumdan ko‘p vaqt o‘tmay, javob tariqasida G‘azodan Isroilga qarshi hujumga o‘tildi, raketalar mamlakatning janubiy va markaziy qismlari uzra uchib o‘tdi.

Shu bilan birga, “Islomiy Jihod”ning aytishicha, Suriya poytaxti Damashqda uning mulozimlaridan biri Akram al-Ajuriyning uyiga hujum uyushtirilgan va al-Ajuriyning o‘g‘li va kamida yana bir kishi o‘ldirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!