Isroil o‘z fuqarosini qaytarib olish uchun Suriyaga vaksina berdimi?

Isroil o‘z fuqarosini qaytarib olish uchun Suriyaga vaksina berdimi?

Guardian gazetasining yozishicha, Isroil asir tushgan fuqarosini qaytarib olish uchun Suriyaga koronavirusga qarshi vaksina bergan. 

O‘tgan haftada Rossiyaning vositachiligida Isroil fuqarosi bo‘lgan ayol Suriyadan vataniga qaytarildi. Isroillik jurnalist Barak Ravid "Tvitter"dagi sahifasida buning uchun Isroil tomoni Rossiyaga 1,2 million dollar berganini, bu pulga Suriya uchun Sputnik V vaksinasi olinganini yozdi. Suriyaning rasmiy ommaviy axborot vositalari esa vaksina haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi. 

Isroil to‘qqiz millionlik aholisi uchun yetarli miqdorda vaksinaga ega, aholining yarmi kamida bir marta emlandi. Suriyada esa emlash ishlari hali boshlangani yo‘q. 

Isroil armiyasi asir tushgan fuqaro suriyalik ikki cho‘ponga alishilganini aytdi. Mudofaa vazirligi Suriyaga vaksina berilgani haqidagi xabarlarni senzura qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!