Isroil mudofaa vaziri Pentagon rahbariga G‘azoga havo hujum boshlagani haqida axborot berdi

Isroil mudofaa vaziri Pentagon rahbariga G‘azoga havo hujum boshlagani haqida axborot berdi

Benni Gans Pentagon rahbariga Isroil armiyasining G‘azo sektoriga hujumlari boshlangani haqida ma’lum qildi.

Isroil va AQSh mudofaa vazirlari Benni Gantz va Lloyd Ostin Isroilning G‘azo sektoriga hujumlarini muhokama qildi.

Isroilning KAN jamoat teleradiokompaniyasi xabariga ko‘ra, Gans va Ostin telefon orqali suhbatlashgan, bu suhbat davomida Isroil tashqi ishlar vaziri G‘azoga hujumlar boshlanganini ma’lum qilgan.

“Isroil o‘zini va fuqarolarini himoya qilmoqda. Isroil isroilliklarni nishonga olgan falastinlik guruhlarga qarshi qat’iy harakat qiladi”, - deya o‘z navbatida isroillik vazirning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Yediot Ahronot gazetasi.

Isroil armiyasi juma kuni blokadadagi G‘azo sektoridagi “Islomiy jihod” markazlariga zarba berganini e’lon qildi.

G‘azoda o‘qqa tutilishi natijasida 10 nafar falastinlik, jumladan 5 yoshli bola halok bo‘ldi, yana 55 kishi yaralandi, deb xabar berdi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi.

“Islomiy jihod” harakatining harbiylashtirilgan qanoti Isroilning Falastin anklaviga bergan havo hujumlariga javoban G‘azodan Isroilga 100 ta raketa uchirilganini xabar qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!