Isroil kuchlari Sharqiy Quddusda falastinliklar bilan to‘qnashdi

Isroil kuchlari Sharqiy Quddusda falastinliklar bilan to‘qnashdi

Seshanba kuni bosib olingan G‘arbiy Sohilda Sharqiy Quddusdagi turar-joy binolarini buzishga uringan Isroil harbiylari bilan mahalliy Falastin aholisi o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar Jabal al-Mukebber kvartalidagi falastinliklarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va shovqinli granatalardan foydalangan. Bunga javoban falastinlik yoshlar isroillik harbiylarga qarshi shinalarni yoqib, tosh otishni boshladi.

Ayni paytda Jabal al-Mukebber shahridagi do‘kon sotuvchilari ruxsatsiz qurilgan uylarning buzilishiga qarshi bir kunlik ish tashlash uyushtirishdi.

29 yanvar kuni isroilliklar hududdagi uylardan birini buzib tashlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!