Isroil kuchlari G‘arbiy Sohildagi Jenin shahriga bosqin uyushtirdi

Isroil kuchlari G‘arbiy Sohildagi Jenin shahriga bosqin uyushtirdi

Isroil kuchlarining ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohildagi Jenin shahriga bosqin uyushtirgan va ko‘chadagi tinch aholiga qarata o‘q uzgan.

Bu haqda Andalou axborot agentligi xabar berdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda, Jenin shahrida Isroil askarlarining o‘qlaridan 3 nafar falastinlik shahid bo‘ldi, 8 kishi yaralangani aytiladi.

Falastin davlat televideniyesining xabariga ko‘ra, halok bo‘lgan falastinliklar Baro Lahluh, Lays Abu Surur va Yusuf Salah ekanligi aniqlandi.

Guvohlarning qayd etishicha, Isroil askarlari Jenin shahriga bostirib kirib, ichida 4 nafar falastinlik bo‘lgan mashinaga qarata o‘q uzgan.

Voqeadan keyin Isroil askarlari bilan o‘nlab falastinliklar o‘rtasida to‘qnashuv boshlandi. Isroil askarlari haqiqiy o‘q va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz yordamida falastinliklarga hujum qilgan.

Hodisalar yuzasidan Isroil rasmiy idoralaridan hozircha hech qanday bayonot berilmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!