Isroil kuchlari G‘arbiy Sohilda 20 nafar falastinlikni qo‘lga oldi

Isroil kuchlari G‘arbiy Sohilda 20 nafar falastinlikni qo‘lga oldi

Isroil xavfsizlik kuchlari ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda 20 nafar falastinlikni qo‘lga oldi.

Falastin asirlari jamiyati Isroil harbiylari bosib olingan G‘arbiy Sohilning turli shaharlarida reydlar uyushtirganini ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, reydlar chog‘ida 15 nafari Ramallah va Al-Birda bo‘lgan 20 nafar falastinlik qo‘lga olingan.

Isroil xavfsizlik kuchlari ishg‘ol qilingan G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi falastinliklarning uylariga vaqti-vaqti bilan reyd o‘tkazadi.

Falastinliklar turli ayblovlar bilan hibsga olinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!