Isroil harbiy-havo kuchlarining Suriyaning Tartus viloyatida uyushtirgan hujumi oqibatida 3 nafar askar halok bo‘ldi

Isroil harbiy-havo kuchlarining Suriyaning Tartus viloyatida uyushtirgan hujumi oqibatida 3 nafar askar halok bo‘ldi

Suriya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Isroil harbiy-havo kuchlarining Damashq chekkasi va Tartus provinsiyasiga uyushtirgan hujumi oqibatida uch nafar suriyalik askar halok bo‘lgan, yana bir necha nafari yaralangan.

Avvalroq Suriyaning SANA davlat agentligi Suriya havo hujumidan mudofaa vositalari Isroil harbiy-havo kuchlarining Tartus provinsiyasi va Livan bilan chegaradagi Qalamun tog‘larida hujumini qaytarayotgani haqida xabar bergan edi.

Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil harbiy-havo kuchlari ikki tomondan hujum qilgan. Damashq chekkasiga Livan poytaxti Bayrutdan, Tartus provinsiyasiga O‘rta yer dengizidan hujum uyushtirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!