Isroil harbiy havo kuchlari maktabiga birinchi marta ayol kishi qo‘mondon etib tayinlandi

Isroil harbiy havo kuchlari  maktabiga birinchi marta ayol kishi qo‘mondon etib tayinlandi

Ma’lum qilinishicha, ayol harbiy havo kuchlari maktabidagi jangovar navigatorlar eskadroniga qo‘mondonlik qiladi va yangi avlod navigatorlarini tayyorlaydi. U 2010 yilda harbiy xizmatga kirgan va navigatorlik bo‘yicha parvoz maktabini tamomlagan.

U turli lavozimlarda ham xizmat qilgan va jangovar eskadron komandirining o‘rinbosari bo‘lgan birinchi ayol hisoblanadi. Ma’lumot o‘rnida, Isroilning birinchi ayol jangovar uchuvchisi 2001 yilda parvozlar maktabini tamomlagan Roni Sukerman bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!