Isroil harbiy-havo kuchlari kecha G‘azo sektoriga zarba berdi

Isroil harbiy-havo kuchlari kecha G‘azo sektoriga zarba berdi

Isroil Falastinning HAMAS radikal harakatining qurol-yarog‘ ustaxonasi va uning faollari anklav janubida foydalanayotgan tunnel vayron qilingani haqida xabar berdi.

“Isroil mudofaa kuchlarining qiruvchi samolyotlari bugun, yakshanbaga o‘tar kechasi HAMAS terrorchilik tashkilotiga tegishli qurol ishlab chiqarish korxonasiga hujum qildi”, — deya armiya matbuot xizmatidan iqtibos keltirgan holda “TASS” xabar bermoqda.

Noyabr oyi boshida Isroil armiyasi Hamasning G‘azo sektoridagi yer osti harbiy ob’ektiga havo hujumi uyushtirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!