Isroil Gresiyadan BMTda Falastinga qarshi pozisiyani egallashni so‘ramoqda

Isroil Gresiyadan BMTda Falastinga qarshi pozisiyani egallashni so‘ramoqda

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu seshanba kuni Gresiya tashqi ishlar vaziri Nikos Dendiasdan BMTda Isroilni qo‘llab-quvvatlashni so‘radi, deb xabar bermoqda TRT.

Netanyaxuning idorasi G‘arbiy Quddusda Gresiya vaziri bilan uchrashuvdan so‘ng bergan bayonotida, «Bosh vazir Isroil va Gresiya o‘rtasidagi yaxshi ikki tomonlama munosabatlar Gresiyaning BMTdagi ovoz berishida ham o‘z ifodasini topishiga umid bildirdi».

Netanyaxu, shuningdek, Milliy xavfsizlik kengashi direktoriga bu masala bo‘yicha Isroil, Gresiya va Kipr (Grek Kipr ma’muriyati rahbarlari) o‘rtasida uch tomonlama uchrashuvni muvofiqlashtirishni buyurdi.

Gresiya o‘tgan oy BMT Bosh Assambleyasining Falastinning Isroil ishg‘oli va uning Falastin xalqi uchun oqibatlari to‘g‘risida Xalqaro Suddan maslahat xulosasi olish haqidagi iltimosini qo‘llab-quvvatlovchi rezolyusiyasida betaraf qolgan edi.

Manba.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!