Isroil G‘azoga 16 tonna o‘q-dori yog‘dirdi

Isroil G‘azoga 16 tonna o‘q-dori yog‘dirdi

Isroil armiyasi G‘azoda Falastinning “Islomiy jihod” harakatining 26 ta ob’ektiga zarba berganini iddao qilmoqda.

Bu haqda Isroilning KAN jamoat teleradiokompaniyasi xabar tarqatdi.

Isroil armiyasi ham yangi harakat ob’ektlari mag‘lubiyatga uchragani haqida ma’lumot berdi.

Xususan, SAXALning Twitter’dagi xabariga ko‘ra, Falastin harakatining qurol-yarog‘, raketa va minomyot snaryadlarini ishlab chiqarish ob’ektlari yo‘q qilingan.

Bundan tashqari, “Temir gumbaz” havo mudofaasi G‘azodan Isroilga otilgan 55 ta raketani yo‘q qilgani qayd etilgan.

«Ediot axronot» gazetasining yozishicha, Isroil harbiy samolyotlari va uchuvchisiz havo vositalari (PUA) G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlar chog‘ida 16 tonna o‘q-dori sarflagan.

Gazetaning yozishicha, G‘azoga qilingan hujumlarda jangovar samolyotlar bilan birga 50 ta PUA ham ishtirok etmoqda.

G‘azoda o‘qqa tutilishi natijasida 10 nafar falastinlik, jumladan, 5 yoshli bola halok bo‘ldi, yana 55 kishi yaralandi, deb xabar berdi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!