Isroil G‘azo sektoridagi Xamas pozisiyalariga zarba berdi

Isroil G‘azo sektoridagi Xamas pozisiyalariga zarba berdi

G‘azo sektoridagi jangarilar O‘rta Yer dengizi yo‘nalishida ikkita raketa otgan. Ular Tel-Aviv qirg‘oqlari yaqinida dengizga quladi. Bunga javoban Isroil harbiylari XAMAS guruhi nishonlariga zarbalar berdi. Bu haqda kecha Reuters agentligi xabar berdi.

"Bugun ertalab G‘azo sektoridan Isroil tomon ikkita raketa uchirildi. Protokolga ko‘ra, raketalar Isroilning markaziy qirg‘oqlari yaqinida dengizga tushgani uchun sirenalar eshitilmadi va to‘xtatib turish ham kuzatilmadi", - deyiladi xabarda.

G‘azo sektori jangarilari raketa hujumlari uchun javobgarlikni darhol o‘z zimmalariga olishmadi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

O‘z navbatida, isroillik harbiylar G‘azodagi XAMAS ob’ektlariga, xususan, terrorchilik faoliyati uchun foydalaniladigan raketa ob’ekti va harbiy postlariga zarbalar berganini ma’lum qildi.

Ushbu hujumlar natijasida qurbonlar yoki vayronagarchiliklar haqida ma’lumot yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!