Isroil askarlari G‘arbiy Sohilda falastinlikni o‘ldirdi

Isroil askarlari G‘arbiy Sohilda falastinlikni o‘ldirdi

Isroil xavfsizlik kuchlari ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda 26 yoshli Nesim Nayif Selman Abu Fevdani otib o‘ldirdi.

Falastinning WAFA axborot agentligi xabariga ko‘ra, harbiylar Al-Xalil shahridagi Ibrohim masjidi janubidagi nazorat-o‘tkazish punktida Fevda mashinasiga qarata o‘t ochgan.

Falastinlik bosh qismidagi o‘qdan jarohat olib, shifoxonada vafot etdi.

Otishma sabablari haqida ma’lumot berilmagan.

Isroil harbiylari 26 yanvar kuni bosib olingan G‘arbiy Sohil shimolidagi Jenin qochqinlar lageriga bostirib kirib, 10 nafar falastinlikni o‘ldirgan edi.

Yil boshidan beri ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda Isroil xavfsizlik kuchlari tomonidan 30 dan ortiq falastinlik, jumladan ayollar va bolalar halok bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!