Isroil AQShning Eronga qarshi yangi zarbalariga qo‘shilishga tayyorligini ma’lum qildi

Isroil AQShning Eronga qarshi yangi zarbalariga qo‘shilishga tayyorligini ma’lum qildi


Bu haqda The New York Times nashri isroillik yuqori lavozimli manbasiga tayanib xabar berdi.

"Biz Qo‘shma Shtatlarni qo‘llab-quvvatlashimizni isbotladik. Isroilning bunga qo‘shilishi AQSh manfaatlariga qanchalik to‘g‘ri kelishini bilmadim. Ammo biz kuchimizni ko‘rsatib qo‘yishimiz kerakligini bilamiz. Zarurat tug‘ilsa, buni yana takrorlashga tayyormiz", — dedi isroillik rasmiy.

Iyun oyi o‘rtalarida Tehron va Vashington harbiy mojaroni tugatishni ko‘zda tutuvchi memorandum imzolagan edi. Biroq 8 iyulga o‘tar kechasi AQSh Eronni yana o‘qqa tutishni boshladi.

Bunga javoban Eron AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy infratuzilmalariga zarbalar berdi. Eron Tashqi ishlar vazirligi Vashingtonning ushbu agressiyasini erishilgan kelishuvlarning jiddiy buzilishi deb baholadi.

Prezident Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, bu Eronning Hormuz bo‘g‘ozidagi savdo kemalariga qarshi harakatlariga javob bo‘lgan. Tramp ikki mamlakat o‘rtasidagi tuzilgan muvaqqat sulh yakuniga yetganini e’lon qildi.

Isroil mudofaa vaziri Israel Kasning aytishicha, agar asosli sabab bo‘lsa, Isroil armiyasi Eronga uchinchi marta va avvalgidan ham kuchliroq zarba berishga tayyor. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu esa urush hali tugamaganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin kimning qo‘lida jam bo‘lgan?

1. 🇺🇿 Ўзбекистон — Марказий Осиёдаги энг йирик олтин ишлаб чиқарувчи. Ўзбекистон 2025 йилда 9,9 миллиард долларлик олтин экспорт қилди. Марказий банк захираси — 415,5 тонна олтин. Бу дунёдаги энг йирик захиралардан бири.

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жеймс Траффорднинг трансферини расман эълон қилди.

Olimlar Yer aholisi sonini bosqichma-bosqich kamaytirish g‘oyasini ilgari surdi

Айрим мутахассислар муаммо аҳоли сонида эмас, балки ресурсларнинг адолатсиз тақсимланишида эканини таъкидламоқда.