Ispaniyada maymun chechakdan ikkinchi o‘lim holati qayd etildi

Ispaniyada maymun chechakdan ikkinchi o‘lim holati qayd etildi

Ispaniya Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, shanba holatiga ko‘ra, mamlakatda maymun chechak bilan kasallangan bemorlar orasida allaqachon ikkita o‘lim qayd etilgan.

Birinchi marhum haqidagi ma’lumotlar kecha e’lon qilindi.

Bu Yevropada maymun chechak infeksiyasi tufayli tasdiqlangan birinchi o‘limdir. Avvalroq Afrikada besh, Braziliyada bir kishi o‘lgan edi.

Ispaniya milliy epidemiologik kuzatuv tarmog‘i ma’lumotlariga ko‘ra, 29 iyul holatiga ko‘ra, mamlakatda maymun chechak infeksiyasining 4298 ta tasdiqlangan holati aniqlangan, 120 bemor kasalxonaga yotqizilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!