Ispaniya Saudiya Arabistoniga ikkita harbiy kema sotadi

Ispaniya Saudiya Arabistoniga ikkita harbiy kema sotadi

Xarid bo‘yicha o‘zaro tushunish memorandumi Saudiya Arabistoni mudofaa vazirligi bilan Ispaniyaning harbiy sanoat bosh boshqarmasi o‘rtasida imzolandi, deb xabar tarqatdi Saudiya Arabistoni ommaviy axborot vositalari.

Saudiya podshohligi sotib olmoqchi bo‘lgan bir juft harbiy kema Ispaniyaning Navantia kemasozlik kompaniyasi tomonidan tayyorlanadi.

Xabarda ta’kidlanishicha, mazkur memorandum Saudiya Arabistonining xavfsizligini mustahkamlashga, uning hayotiy muhim va strategik manfaatlarini himoya qilishga hamda mudofaa vazirligining strategik, operativ va taktik maqsadlarini ta’minlashga qaratilgan.

Memorandumni imzolashda Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri Xolid bin Salmon Ol Saud va Ispaniya sanoat, savdo va turizm vaziri Reyes Maroto ishtirok etgan.

2018 yil 12 aprelda Ispaniya mudofaa vazirligi ham Navantia kompaniyasidan beshta korvet sotib olish bo‘yicha memorandum imzolanishi haqida xabar tarqatgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!