Ispaniya Yevropada birinchi marta maymunchechakdan o‘lim haqida xabar berdi

Ispaniya Yevropada birinchi marta maymunchechakdan o‘lim haqida xabar berdi

Ispaniyada maymunchechakdan bir kishi vafot etdi, bu infeksiyadan Yevropada birinchi o‘lim qayd etildi, deya xabar bermoqda La Vanguardia Ispaniya sog‘liqni saqlash vazirligi hisobotiga tayanib.

Milliy epidemiologik nazorat tarmog‘i ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniyada juma holatiga ko‘ra 4298 ta maymunchechak kasalligi aniqlangan. Ispaniya dunyodagi eng ko‘p tasdiqlangan holatlar soni bo‘yicha AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Shu bilan birga, nashrning qayd etishicha, kasallanganlar haqidagi ma’lumotlar odatda kechikib olinadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining aniqlik kiritishicha, maymunchechak bilan kasallangan 135 nafar bemor asoratlarni boshidan kechirgan. 120 bemorni kasalxonaga yotqizish talab qilingan, ulardan biri vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!