Iso alayhissalom va qaroqchining tavbasi

Iso alayhissalom va qaroqchining tavbasi

Musulmonni kamsitmang va o‘zingizni hech kimdan ustun deb hisoblamang, chunki bu sizning savobli ishlaringizni behuda qilishi mumkin.
Rivoyat qilinishicha, Iso alayhissalom bir kuni shogirdi bilan safarga chiqib, ichida bir o‘g‘ri o‘tirgan tashlandiq qal’aning yonidan o‘tdi.
O‘g‘ri ikkalasini ham ko‘rgach, o‘ziga o‘zi dedi: "Bu Iso, Allohning payg‘ambari va u bilan birga uning shogirdi. Sen kimsan, ey baxtsiz kishi?! O‘g‘ri va qaroqchi, odamlarga vahima solgan va Alloh o‘ldirishni taqiqlagan kishini o‘ldirgan bir zolimsan!"
U gunohlaridan tavba qilib, ularning oldiga tushdi.
Ular bilan borishni xohladi-yu, o‘z-o‘ziga dedi:
"Men ularning yonida yurishga loyiq emasman, shuning uchun men ularning orqasida bir yaramas gunohkor kabi yurishim lozim".
Ular yo‘lda davom etishar ekan shogird unga o‘girilib, uni tanidi va xayolidan: "Bu bizni ta’qib qilib yurgan qanday it ekan?" degan o‘y o‘tdi.
Alloh odamlarning qalbida yashiringan hamma narsani ko‘radi va Iso alayhissalomga vahiy yubordi: "O‘zingizning shogirdingizga va bu o‘g‘riga ayting: o‘g‘rining tavbasini qabul etdim va o‘ziga nisbatan malomati tufayli gunohlaridan kechdim. Ikkinchisiga kelsak, uning qilmishlari behuda bo‘lib qoldi, chunki u tavba qilgan o‘g‘rini xor qildi va kibrga berildi».
Payg‘ambarlardan biri o‘z qavmiga:
"O‘zingizning eng yaxshilaringizni menga olib keling."
Bir odamni oldiga olib kelishdi. Payg‘ambar unga: "Qavmdan eng yomon odamni menga keltir", dedi.
Bir qancha vaqt o‘tib haligi kishi qaytib kelib:
"Men ular orasida o‘zimdan yomonroq odamni topa olmadim", dedi.
Payg‘ambar javob qilib dedi: "Ular haq edi, sen ularning eng yaxshisi ekansan!"
Buyuk mutasavvuf shoirimiz So‘fi Olloyor aytganlaridek:
Xoliqo, qoyilman o‘z nuqsonima,
Ko‘b jafo qildim o‘zumni jonima.
Zoti pokingdan inoyat bo‘lmasa,
Hech ishonchim yo‘q amal qilg‘onima.

Yoqub Umar tayyorladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!