Islomofob ustidan tergov olib borilmoqda

Islomofob ustidan tergov olib borilmoqda

Buyuk Britaniya konservativ partiyasi mazkur partiyaning a’zosi va sobiq tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonning muslima ayollarga nisbatan haqorati ustidan tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Bu haqda Muxlis.uz xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, asosiy shov-shuv Jonsonning The Daily Telegraph gazetasida e’lon qilgan maqolasi oqibatida yuzaga kelgan edi. Bunda u muslimalarga niqob va paranjini taqiqlash tarafdori ekanini bildirgan va shu bilan birga ularni “pochta qutisi” va “bank o‘g‘rilari”ga qiyoslagan edi. Buning oqibatida konservativ partiya ko‘plab noroziliklar va tanqidlar ostida qolib ketdi.

Islam-today saytining xabar berishicha, endilikda partiya a’zolari o‘z hamkasbining mazkur izoh bilan “axloq kodeksi”ni buzgan yoki yo‘qligini aniqlash ustida harakat qilmoqdalar.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!