Islom olamining “2023 Turizm shahri” deb topilgan Shanliurfa o‘z mehmonlarini kutmoqda

Islom olamining “2023 Turizm shahri” deb topilgan Shanliurfa o‘z mehmonlarini kutmoqda

Hududdagi so‘nggi arxeologik islohotlar tufayli global markazga aylanib ulgurgan Turkiya viloyatlaridan biri bo‘lgan Shanliurfa, “Islom hamkorlik tashkiloti” 11-Turizm Vazirlari Konferensiyasida “2023 yil turizm shahri” etib belgilandi. 57 a’zo davlatga ega bo‘lgan “Islom hamkorlik tashkiloti” tomonidan berilgan ushbu e’tirofni nishonlash uchun Shanliurfa bir qancha tadbirlarga mezbonlik qiladi, jumladan, Xalqaro Halol ko‘rgazmasi, Islom olami olimlari simpoziumi va Islom dunyosini birlashtirgan sayohat kitoblari simpoziumi Turizm shahri maqomiga ko‘ra, Shanliurfa bu yil mahalliy va chet ellik sayyohlarni ikki barobar ko‘p jalb qilishi kutilmoqda.

Shanliurfa: Arxeologiya va dinlar tarixi orasidagi ko‘prik

Ko‘pincha Turkiyaning janubi-sharqidagi ochiq osmon ostidagi muzey sifatida tasvirlangan Shanliurfa favqulodda tarixiy, diniy va arxeologik kashfiyotlarni taqdim etadi. 12 ming yillik tarixga ega Shanliurfa turli dinlar, madaniyatlar va sivilizasiyalarning izlarini o‘zida mujassam etgan “Birinchi va eng qadimgi” shahar sifatida diqqatni tortmoqda. Ko‘pgina dinlar nuqtai nazaridan muqaddas hisoblangan shahar, Balikligo‘l (Baliqli ko‘l) va Ayn Zeliha (Zelihaning ko‘zi) kabi diqqatga loyiq joylarga mezbondir. YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Go‘beklitepe va neolit ​​davriga oid “Tosh Tepalar” hududi ham Shanliurfada. Va nihoyat, tarixiy «Harran» gumbazli uylari va tabiiy go‘zalliklari bilan ajralib turadigan sokin shahar Halfeti ham bu qadimiy shaharning ko‘rish zarur bo‘lgan joylaridir.

Go‘beklitepeda o‘tmish va insoniyat tarixining izlari...

Arxeologlarning sivilizasiyalar va dinlarning boshlanishiga qarashlarini o‘zgartirib, insoniyat tarixini qayta shakllantirgan Go‘beklitepe, ilgarigi hayotni biz o‘ylaganimizdan ko‘ra ancha rivojlanganligini isbotlovchi topilmalarni o‘z ichiga oladi. Joydagi monumental me’morchilikning ilk namunalarini tashkil etuvchi T shaklidagi obelisklar neolit ​​davri jamoalarining ijtimoiy tashkilotga ega bo‘lganligini va e’tiqod uchun birlasha olganligini ko‘rsatadi. Go‘beklitepega o‘xshash xususiyatlarga ega 12 ta arxeologik ob’ektdan tashkil topgan “Tosh Tepalar” kengroq maydon, davom etayotgan qazishmalardan olingan topilmalar bilan tarixdan oldingi hayotning qadimgi turmushning noma’lum tomonlarini ochib berishda davom etmoqda. Shuningdek, Shanliurfa shu yilning sentyabr oyida 2023 yilgi “Jahon neolit ​​kongressi”ga mezbonlik qiladi.

Turkiyaning eng katta muzey majmuasi Shanliurfada

Shanliurfa muzeylar shahridir. Turkiyaning eng katta muzey majmuasi bo‘lgan Shanliurfa arxeologiya muzeyi, dunyodagi eng katta neolit ​​kolleksiyasi bo‘lib, Axilley va Amazonlar hayotini aks ettiruvchi ulkan va ajoyib Rim villasi mozaikasi joylashgan Haleplibahche mozaika muzeyi tashrif buyuruvchilarni xronologik kontsepsiya bilan vaqt bo‘ylab sayohatga olib boradi. Mifologik tasvirlarni o‘z ichiga olgan ajoyib mozaikalar orqali siz, san’at tarixining asosiy unsurlarini xis qilishingiz mumkin.

Balikligo‘lda tilaklar aytiladi

Balikligo‘l, bozorlari bilan bir qatorda diniy va Shanliurfaga xos ramziy ma’noga ega madaniy majmua sifatida e’tiborni tortadi. Afsonaga ko‘ra, Ibrohim payg‘ambar shoh Namrud va butparastlar bilan qattiq kurash olib borganidan so‘ng, shoh Namrud tomonidan olovga tashlangan. Biroq, Ibrohim payg‘ambar olovga tushganda, alanga o‘rnida tiniq ko‘l paydo bo‘ldi va yonayotgan o‘tin baliqqa aylandi. Balikligo‘l aynan shu ko‘l ekanligiga ishoniladi. Ibrohimga ishongan va shoh Namrudning qizi bo‘lgan Zeliha ham o‘zini olovga tashladi va Ayn Zeliha (Zelihaning Ko‘zi) u yiqilgan Balikligo‘lning yonida hosil bo‘ladi.

Halfeti shahri tashrif buyuruvchilarni hayratda qoldiradi

Halfeti o‘zining go‘zal manzaralari bilan tashrif buyuruvchilarni maftun etadi. Halfeti 2013 yilda «Sittaslov» xalqaro muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan "sokin shahar" tarmog‘iga kiritilgan edi. Suv ostida qolgan aholi punktlari, Gaziantep chegaralaridagi qoyaga o‘yilgan Rumkale qal’asi kabi yerlarni qayiq sayohati davomida ko‘rish mumkin. Halfeti, shuningdek, ro‘yxatga olingan qora atirgulning vatani bo‘lib, u o‘zining noyob rangi va hidini o‘sadigan tuproqdan oladi.

Shanliurfaning unumdor Harran tekisligida gumbazli uylar, dunyodagi birinchi universitet va Onado‘lidagi eng qadimgi masjidlardan biri joylashgan. Harran masjidi (744–750) islom me’morchiligining bir qismi sifatida Onado‘lida qurilgan eng qadimgi masjiddir. Terakotani atirgul yog‘i, somon va tuxum oqi aralashtirib tayyorlangan ohakdan qurilgan bu gumbazli uylar me’morchiligi va materiallari tufayli yozda salqin, qishda esa issiq bo‘ladi. Harranda XII asrga oid madrasa qoldiqlari joylashgan arxeologik joy ham mavjuddir. Harran madrasasi dunyodagi birinchi va eng qadimgi universitet sifatida e’tiborni tortadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!