Islom hayvonlarni yomon ko‘radimi?

Islom hayvonlarni yomon ko‘radimi?

G‘arbda musulmonlar hayvonlarni yoqtirmaydi va doim azoblashadi, degan noto‘g‘ri fikr shakllangan.

Islomning markazi bo‘lgan Saudiya Arabistonining har qanday shahri ko‘chalarida hayvonlar uchun suv to‘ldirilgan idishlar qo‘yiladi.

Va har bir chekka joylarda it va mushuklar uchun yemak qo‘yiladigan tovoqlar qo‘yiladi. O‘tgan-ketgan bu idishga hayvonlarga yemish tashlab ketadi. Hatto Saudiya Arabistoni tog‘larida uchraydigan maymunlarga ham ovqat berib turiladi.

Hayvonlarga rahm-shafqat suyukli payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan qolgan sunnatdir. Tirik jonni qiynamaslik, ozor bermaslik, nohaq o‘ldirmaslik haqida juda ko‘p hadislar kelgan.

Masalan, Payg‘ambar alayhissalom qorni beli bilan birlashib ketay degan, ya’ni ochlikdan ozib ketgan bir tuya oldidan o‘tayotib: «Bu gapira olmaydigan chorvalar borasida Alloh taolodan qo‘rqinglar. (Ya’ni ularga go‘zal munosabatda bo‘lish, zarar yetkazmaslik, haqini rioya qilish, muhtoj bo‘ladigan narsasini berish va aziyat bermaslik borasida). Ularni (minmoqchi bo‘lsangizlar) minishga yaraydigan, yurishga quvvati yetadigan holida mininglar, agar yemoqchi bo‘lsangizlar, semiz, sog‘ holida yenglar», dedilar. (Abu Dovud va Ibn Xuzayma o‘z sahih kitoblarida rivoyat qilganlar).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan yana bir hadisi sharifda: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Bir odam yo‘lda ketayotib qattiq chanqadi. Bir quduqni topib, unga tushib suv ichdi. Keyin qaytib chiqib, chanqoqligidan tuproqni yalayotgan itni ko‘rdi. Haligi odam: «Bu it ham menga o‘xshab chanqabdi», dedi. Quduqqa tushib, mahsisini suvga to‘ldirdi va og‘ziga tishlab qaytib chiqdi. Itga suv berdi. Alloh taolo uni taqdirlab mag‘firat qildi», dedilar. Yo Rasululloh! Bizga hayvonlarda ajr bormi», deyishdi. «Ha! Har bir ho‘l jigarlida (tirik jonda) ajr bor», dedilar». (Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan).

Yoqub Umar tayyorladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!