Ishxonasida qolip o‘g‘irlaganlarning jazosi o‘zgarishsiz qoldirildi

Ishxonasida qolip o‘g‘irlaganlarning  jazosi o‘zgarishsiz qoldirildi

J.Latipov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) Uchko‘prik tumani Qo‘qon Erkin iqtisodiy zonasida joylashgan “Textiles+88” MCHJda qorovul vazifasida ishlab, ushbu MCHJda ishlovchi U.Saliyev hamda uning tanishi O.Borisov bilan bir guruh bo‘lib, 2021 yil dekabr oyidan 2022 yil mart oyiga qadar 2 ta “Damas” rusumli avtomashinalarda bir necha marotaba g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerdagi temir konteynerni qulfini buzib ochib, 2.500 dona katta o‘lchamdagi, 1.500 dona kichik o‘lchamdagi jami narxi 340.000.000 so‘mlik poyabzal ishlab chiqarishda foydalaniladigan oyoq kiyimi (kalish) qoliplarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilishgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tuman sudining 2022 yil 14 maydagi hukmiga ko‘ra, sudlanuvchilar J.Latipovga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 169-moddasi 4-qismining “a” bandi bilan
9 yil, U.Salayevga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 169-moddasi 4-qismining “a” bandi bilan 8 yil, O.Borisovvga O‘zbekiston Respublikasi JK 169-moddasi 4-qismining “a” bandi bilan JKning 57-moddasi qo‘llanilib, 6 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sudlanuvchilar J.Latipov oilaviy sharoiti og‘irligi, ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari borligini bildirib, yengilroq jazo tayinlashni, U.Saliyev va O.Borisovlar ham shu mazmundadagi vajlar keltirib, apellyasiya shikoyati yozganlar.

2022 yil 22 sentyabr kuni Farg‘ona viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha apellyasiya instansiyasi ajrimi bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tuman sudining 2022 yil 14 maydagi hukmiga asosan ularga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘zgarishsiz qoldirildi.

Farrux Abduraimov, Farg‘ona viloyat sudining sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!