Ishtixonda tadbirkorlarning 444,6 mln so‘mini qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi

Ishtixonda tadbirkorlarning 444,6 mln so‘mini qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.” MCHJning sobiq savdo vakili SH.R. Ishtixon tumani va Kattaqo‘rg‘on shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning ishonchiga kirib, ularga bolalar uchun sutli oziq-ovqat mahsulotlarini o‘n foiz chegirma bilan yetkazib berishni va’da qilib, tadbirkorlardan jami 444,6 mln so‘m naqd pulini qo‘lga kiritib, shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!