Ishtixon tumanida o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi

Ishtixon tumanida o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro R.B. boshqa bir fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 2 700 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!