"Ishonchim komilki, biz bugungi barcha qiyinchiliklarni albatta munosib ravishda, mardona yengib o‘tamiz" — Mirziyoyev

"Ishonchim komilki, biz bugungi barcha qiyinchiliklarni albatta munosib ravishda, mardona yengib o‘tamiz" — Mirziyoyev

"Xalqimizni qat’iy ishontirib aytmoqchiman: davlatimiz, el-yurtimizga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bo‘lgan bunday kuchlarning har qanday yovuz fitna va harakatlariga o‘z vaqtida va keskin zarba berishga qodirmiz.

Ishonchim komilki, biz bugungi barcha qiyinchiliklarni albatta munosib ravishda, mardona yengib o‘tamiz.

Chunki xalqimiz azal-azaldan o‘zining donishmandligi, mardligi va matonati, do‘stlik va tinchliksevarlik fazilatlari bilan dunyoda obro‘-e’tibor va hurmat qozonib keladi.

Bunday ezgu qadriyatlar bizning qonimizga, ruhimizga yoshlik chog‘imizdan boshlab chuqur singib ketgan. Va hech kim ularni bizdan tortib ololmaydi.

Bugungi kunda butun xalqimiz va jamoatchiligimiz yanada jipslashib, barcha darajadagi rahbarlar hushyorlik va ogohlikni keskin oshirib, yurtimizda tinchlik va barqaror-likni saqlash, mamlakatimizni jadal rivojlantirish, xalqimizning farovonligini ta’minlash hamda odamlarni rozi qilish borasida belgilab olgan vazifalarimizni amalga oshirish uchun barcha kuch-imkoniyat va resurslarni safarbar etishimiz shart", dedi Prezident so‘zining yakunida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!