"Ishlab turgan joyimizda suratga olib ketishdi" — Chustdagi maktabda ishlagan ayollar o‘qituvchi emasmidi? (video)

"Ishlab turgan joyimizda suratga olib ketishdi" — Chustdagi maktabda ishlagan ayollar o‘qituvchi emasmidi? (video)

Avvalroq Namangan viloyati, Chust shahridagi 9-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchilarini majburiy mehnatga jalb etilganligi haqidagi xabarlar tarqalgandi. 

Tuman hokimi o‘rinbosari "Zamon" muxbiriga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, obodonlashtirish ishlariga xalq ta’limi va tibbiyot sohasi vakillarini jalb etmaslik bo‘yicha rahbarlar ogohlantirilgan. Maktab hududida birorta o‘qituvchi ishlamayapti, ular mehnat ta’tilida.

Aytishlaricha, suratlardagi ayollar o‘qituvchi emas, obodonlashtirish korxonasining ishchi xodimlari. 

– Ishlab turgan joyimizda suratga olib, internetga chiqarib yuborishibdi, bundan xabarimiz yo‘q. Bizdan o‘qituvchimisiz, qayerda ishlaysiz, deb so‘rashmadi, – deydi ayollardan biri.

Eslatib o‘tamiz, holat yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi hamda Bandlik va mehnat vazirligi surishtiruv olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!