ISHGA KIRITISHNI VA’DA QILGAN SHAXSGA SUD HUKMI O‘QILDI

ISHGA KIRITISHNI VA’DA QILGAN SHAXSGA SUD HUKMI O‘QILDI

Jinoyat ishlari bo‘yicha Zafarobod tuman sudi tomonidan ochiq sud majlisida ishga kiritishni va’da qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

1976 yilda tug‘ilgan X.Xasanov (shaxsi o‘zgartirilgan) tuman kasb-hunar maktabi direktori o‘quv ishlari o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelib, ishga kirish istagida kelgan J.Xolov (shaxsi o‘zgartirilgan)ga ishingni hal qilib beraman deb aldab, 300 AQSh dollarini mansabdor shaxsga pora berishga dalolat qilib, 2021 yil 16 sentyabrda xizmat xonasida kimyoviy ishlov berilgan 300 AQSh dollarini J.Xolovdan olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Sud, X.Xasanovni sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, aybiga iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari borligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi, 28,211-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topib, unga 1 yilga ta’lim sohasida va boshqa sohalarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 2 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!