Ish jadvali 12 soatga ega xodimga har kunlik haq to‘lanadimi?

Ish jadvali 12 soatga ega xodimga har kunlik haq to‘lanadimi?

AOKA huzuridagi shtabda Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva ishtirokida brifing o‘tkazildi.

❓Ish jadvali 12 soatga ega xodimga har kunlik haq to‘lanadimi? Koranovirus tarqalishiga qarshi kurash tadbirlariga jalb qilish uchun kunlik ish haqining 6% miqdorida haq to‘lash kerakmi?

❗️Ish smenasi 12 soat bo‘lganda, shuningdek mehnat sharoiti o‘ta og‘ir va o‘ta zararli ishlarda ish vaqtidan tashqari ishlarga, xodimning roziligi bo‘lgan taqdirda ham yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, xodimni surunkasiga 2 smena davomida ishga jalb etish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, Prezident Farmoniga muvofiq tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanishi belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!