Isfaxonni kim bombardimon qildi?

Isfaxonni kim bombardimon qildi?

Eronning Isfahondagi harbiy obektiga zarba Tehronning buning javobi qattiq bo‘lishi haqidagi ogohlantirishlariga qaramay, katta muvaffaqiyat bilan amalga oshirildi. Bu haqda G‘arb razvedkasidagi manbalarga tayanib, The Jerusalem Post xabar bermoqda.

Arab telekanallari Al Arabiya va Al Hadath xabariga ko‘ra, hujumda AQSh harbiylari ishtirok etgan. Hujum Eron va Rossiyani “qurol zavodlari tashkil etish va ballistik qurollarni eksport qilishga yo‘l qo‘yilmasligi” haqida ogohlantirishi kerak.

Al Hadathning xabar berishicha, Isroil Eron nishonlariga ba’zi hujumlarda ishtirok etishi mumkin. Isroil TIV bunga izoh berishdan bosh tortdi.

Britaniya Qirollik Qo‘shma Mudofaa Tadqiqot Instituti (RUSI) xabariga ko‘ra, Eronning Shahed Aviation Industries korxonasi Isfaxon yaqinida joylashgan bo‘lib, u Shahed-136 va Shahed-131 kamikadze dronlarini ishlab chiqaradi. Eronda ishlab chiqarilgan dronlardan Rossiya Ukrainaga hujum qilish uchun foydalanmoqda degan taxminlar bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!