Iqlimshunos: "Erning 30 foizini suv "bosishi" mumkin"

Iqlimshunos: "Erning 30 foizini suv "bosishi" mumkin"

Agar keyingi 30 yil ichida Yerdagi o‘rtacha harorat bir yarim darajadan ko‘proq ko‘tarilsa, insoniyatni halokatli tabiiy ofatlar kutmoqda. Xuddi shunday farazni V. I. Vernadskiy nomidagi Qrim federal universiteti Agrotexnologiya akademiyasi dosenti Vladimir Ryabov ilgari surmoqda.

Olimning ta’kidlashicha, so‘nggi 40 yil ichida sayyoramizda isish har qachongidan ham yuqori bo‘lgan. Ya’ni o‘rtacha harorat ikki darajaga oshgan.

«Iqlimning tez o‘zgarishi tabiiy ofatlarga sabab bo‘ladi. O‘zgarishlar qanchalik global bo‘lsa, ofatlar shunchalik xavfli bo‘ladi», — deydi ekspert. U, shuningdek, abadiy muzliklarning erishi bunday jarayonning boshlanishi bo‘lishi mumkin, degan fikrni bildirmoqda.

«Bu holda Yerning 30 foizi suv ostida qoladi», deydi Ryabov. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap bu yerda aholi zich joylashgan hududlar haqida bormoqda.

Avvalroq, NASA va Gavayi universiteti olimlari Oy orbitasida kutilayotgan o‘zgarishlar yaqin o‘n yillikda Yerda rekord darajadagi toshqinlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

Jumladan, 2021 yil iyul oyida G‘arbiy Yevropada kuchli yog‘ingarchiliklar 20 yil ichidagi eng kuchli suv toshqinlariga sabab bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!