iPhone 14 da qanday muhim o‘zgarish bo‘lishi ochiqlandi

iPhone 14 da qanday muhim o‘zgarish bo‘lishi ochiqlandi

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, bu 2022 yilda chiqariladigan iPhone 14 dizaynidagi eng muhim o‘zgarish bo‘ladi. iPhone 14 boshqa iPhone modellaridan xususiyatlari va ishlab chiqarish jarayonida titan ishlatilishi jihatidan farq qiladi.

Yangi material tirnalishga, korroziyaga, egilishga nisbatan ancha chidamli, shuningdek, po‘latga nisbatan yengilroq. Shuni ta’kidlash kerakki, gap smartfonning metall qirralari haqida ketmoqda. MagSafe simsiz quvvatlagichning to‘g‘ri ishlashini ta’minlash uchun uning orqa qismi shishadan yasaladi.

Ma’lumot o‘rnida, Apple ilgari titan materialini smartfonlarda ishlatmagan va hozirgi iPhone 12 Pro modellari zanglamaydigan po‘latdan yasalgan.

Bundan tashqari, JP Morgan Chase Applening iPhone 14 mini ishlab chiqarmasligi haqidagi yana bir so‘nggi xabarni tasdiqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!